Foto: Toshkent shahar IIBB
Toshkent shahri Uchtepa tumanida Nexia-3 bilan toʻqnashgan Lacetti olti nafar piyodani ham urib yubordi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 4-dekabr kuni taxminan soat 06:15 larda Uchtepa tumani Farxod koʻchasi 2-uy roʻparasida 26 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Lacetti 40 yoshli fuqaro boshqaruvidagi Nexia-3 bilan toʻqnashib, olti nafar piyodani ham urib yuborgan. Soʻng yoʻl chetida harakatsiz turgan Matiz bilan toʻqnashgan.
YTH oqibatida Lacetti haydovchisi hamda toʻrt nafar piyoda turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ikki nafar piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Lacetti haydovchisi tezlikni meʼyoridan oshirib, rul boshqaruvini yoʻqotishi yoʻl-transport hodisasiga sabab boʻlgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (transport vositalaridan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling