Yaponiya hukumati "Nanmadol" to'foni tufayli millionlab odamlarni evakuasiya qilishga chaqirdi

To'fon tufayli 40 dan ortiq kishi jabrlangan, minglab uylar elektr ta'minotisiz qolgan

Foto: CentralAsia<br>

Foto: CentralAsia

Yaponiyaning janubiy qismiga yopirilgan kuchli to'fon sababli 43 kishi jabrlandi. Bu haqda NHK xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, meteorologlar tomonidan "Nanmadol" deb nomlangan to‘fon yakshanba kuni Yaponiyaning to‘rtta asosiy orollarining eng janubiy qismidagi Kagosima shahrining yaqinidagi Kyusyu shahriga yetib kelgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, to'fon qoplagan hududida shamol tezligi soatiga 234 kilometrga (sekundiga 65 metr) yetadi. Yaponiya meteorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutkadan kamroq vaqt ichida ba’zi joylarda 500 mm ga yaqin yomg‘ir yog‘gan. London yoki Moskvada, masalan, bir oz ko‘proq - 600-700 mm - o‘rtacha hisob bilan yiliga tushadi.

Shu bilan birga, Yaponiyaning janubi-g‘arbiy qismidagi Miyazaki va Kagosima prefekturalarida Kyushu oroliga yaqinlashib kelayotgan "Nanmadol" to‘foni tufayli kamida 58 ming uy elektr ta’minotida uzilgan.

Qayd etilishicha, bunday misli ko‘rilmagan jala suv toshqinlari, sel va ko‘chkilar xavfini tug‘diradi. Rasmiylar to‘rt millionga yaqin odamni evakuasiya qilishga chaqirgan. Kyusyuga poyezdlar, paromlar va reyslar to‘xtatilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling