Foto: Tez News
“Termiz-Toshkent” yoʻnalishidagi poyezd elektr energiyasining oʻchganligi sababli toʻxtab qolgan va Toshkent shahriga oʻz vaqtidan ikki soat kechikib kelgan. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hodisa 9-dekabr kuni sodir boʻlgan. Unga koʻra, Termiz bekatidan joʻnagan 79-sonli “Termiz — Toshkent” yoʻlovchi poyezdi “Jarqoʻrgon-Qumqoʻrgʻon” va “Qumqoʻrgʻon-Boysun” peregonida tashqi elektr tarmogʻidagi elektr energiyaning oʻchganligi sababli poyezd 3 soatu 40 daqiqa toʻxtab qolgan.
Mazkur hodisa sababli, poyezd Toshkent shahriga oʻz vaqtidan 2 soatu 10 daqiqaga kechikib kelgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling