Elektr ta‘minoti tizimida noqonuniy holatlar aniqlandi, deb xabar berdi DXX.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Energosavdo” filiali Sho‘rchi tuman bo‘limi muhandisi fuqaroga tegishli do‘konda aniqlangan elektrdan noqonuniy foydalanish holati bo‘yicha dalolatnomani sudga yubormaslikni vaʼda qilgan.
Buning evaziga u yangi elektr hisoblagich o‘rnatib, ro‘yxatdan o‘tkazib berishni aytib, $1000 talab qilgan hamda dastlab $200 va 1 mln 50 ming so‘m olgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda u qolgan 500 dollar va 2,4 mln so‘mni olgan vaqtida ushlandi.
Baliqchi tuman elektr taʼminoti korxonasi boshlig‘i o‘rinbosari tuman ETK xodimlarining oylik faoliyat hisobotlarini ijobiy baholatib berishni vaʼda qilgan.
Buning uchun u “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filialidagi tanishlari orqali masalani hal etishini aytib, pul talab qilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs ETK xodimlari tomonidan yig‘ib berilgan 300 dollarni olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.