Farg'onada fuqaro 32 bosh olmaxonlarni chegaradan noqonuniy olib o'tgani aniqlandi

Ulardan ikkitasi noqulay sharoit tufayli nobud boʻlgan

Foto: Davlat bojxona qo'mitasi<br>

Foto: Davlat bojxona qo'mitasi

Fargʻona viloyati Fargʻona tumanida fuqaro 32 bosh olmaxonlarni chegaradan noqoqnuniy ravishda olib oʻtganligi aniqlandi Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Fargʻona viloyatining Fargʻona tumanida DBQ xodimlari va DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda chegaradosh mahallalardan birida shubha ostiga olingan shaxsga tegishli 2 ta yogʻoch quti koʻzdan kechirilgan.

Natijada, maxsus yasalgan va boʻlmalarga ajratilgan yashiklarda qoʻshni davlatdan noqonuniy ravishda olib kirilgan va tegishli hujjatlari boʻlmagan 32 bosh olmaxonlar borligi maʼlum boʻgan.

Shuningdek, jonivorlarning ikkitasi qoniqarsiz sharoitdan nobud boʻlgani aniqlangan.

Shundan soʻng, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, qiymati 30 mln soʻmga baholangan ushbu jonivorlar Fargʻona hayvonot bogʻiga topshirilgan.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling