Sentyabr oyida Maryam Tillayeva ijtimoiy tarmoqlarda juda kamdan-kam koʻrinish berdi. U oʻzining Instagram sahifasida buning sababi haqida maʼlum qildi.
"Men hozir aniq nima qilayotganimni tushunmayapman. Ehtimol, 22-23 yosh shunday yoshdir, inson oʻzi nima qilayotganini umuman tushunmaydi", – deydi Maryam Tillayeva.
Maʼlum qilishicha, u hozirda Parijda yashab kelmoqda.
"Endi men oʻzimni qidiryapman. Kitob oʻqiyapman, oʻzimni rivojlantirish bilan shug'ullanyapman", – deydi u.
Maryam Tillayevaning taʼkidlashicha, hozirda u yangi narsalarni oʻrganish istagida.
"Avvallari men shon-shuhratni xohlardim, lekin endi unga erishganidan keyin bu menga tegishli emasligini angladim. Men dunyoni yaxshi tomonga oʻzgartirmoqchiman. Balki bu ham yoshlik maksimalizmi, ham bolalik ambitsyamdir, lekin men bunga erishishimga ishonaman", – deya xulosa qilgan Maryam Tillayeva.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling