Dunyoning qancha aholisi savodsiz ekani ma'lum qilindi

Dunyoning 771 million aholisi o'qish va yozishni bilmaydi

Foto: Amerika Ovozi<br>

Foto: Amerika Ovozi

YUNESKO Bosh direktori Odre Azule dunyo bo‘ylab qancha odam savodsiz ekanini ma’lum qildi.

"Birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida bu borada ko‘plab yutuqlarga erishdik. 1979-yilda sayyoramizdagi odamlarning atigi 68 foizi o‘qish va yozishni bilgan. 2020-yilga kelib bu ko‘rsatkich 86,7 foizga oshgan. Ammo, ushbu yutuqlarga qaramay, dunyo bo‘ylab 771 million kishi hali ham asosiy savodxonlik ko‘nikmalariga ega emas. Ularning 60 foizini qizlar va ayollar tashkil qiladi", — deydi Odre Azule.

YUNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya oqibatida 24 millionga yaqin o‘quvchi hech qachon maktab va boshqa ta’lim muassasalariga qaytmasligi mumkin. Ulardan 11 million nafari qizlar va yosh ayollardir.

Shuningdek, Odre Azule YUNESKO va unga a'zo davlatlar so'nggi o'n yillikda ta'lim tizimida erishilgan yutuqlarni yanada mustahkamlash uchun harakat qilayotganini ta'kidlagan.

Shu bilan birga u, dunyo mamlakatlarini ta'limga ko'proq mablag' ajratish hamda xalqaro yordam ko'rsatishga chaqirgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling