Foto: UzA
Samarqand davlat chet tillar instituti dekan oʻrinbosari fuqaroni oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, evaziga katta miqdorda pora olayotgan vaqtda qoʻlga tushgani aytilmoqda. Bu haqda UzA xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Tekshiruvlar davomida Samarqand davlat chet tillari instituti dekan oʻrinbosarining jinoiy xatti-harakatlariga chek qoʻyilgan.
Maʼlum qilinishicha, Samarqand davlat chet tillari instituti ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti dekani oʻrinbosari fuqaroni Yodju texnika instituti Samarqand filialiga 6 ming dollari evaziga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan. U kelishilgan pulning 1000 dollarini oldindan olgan.
Shuningdek, oʻtkazilgan tadbir davomida dekan oʻrinbosari kelishilgan pulning qolgan 4800 dollarini olayotgan vaqtda qoʻlga olingan. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling