Foto: wikipedia
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja talabalarni yotoq-joy bilan ta’minlash masalasida poytaxt aholisiga murojaat bilan chiqdi.
“Aziz vatandondoshlar, aziz Toshkent ahli! Yil sayin OTM ko‘paymoqda, kvotalar oshmoqda, talabalar turar joylari qurilishi, tabiyiki, bunga ulgurmayapti.
Ilgari 77 ta OTM bo‘lgan bo‘lsa, so‘nggi olti yilda 177 ta bo‘ldi, talabalar 231 000 dan qariyib 800 000 nafarga oshdi.
Talabalarimizga uy-joy yetishmayapti, bor talabalar turar joyi deyarli to‘ldi.
Mabodo sizda, qarindoshingiz, tanishingiz hovlisida, xonadonida joy bo‘lsa, ijaraga bering, savob bo‘ladi ilmi tolibga bersangiz.
Soliq to‘lamaysiz, uyingizga baraka kiradi! Millat jipslashadi, qadriyatlar tiklanadi!
Millat ahil bo‘lsa, bolasi ko‘chada qolmaydi! Yigitlar bobolarga, qizlar buvijonlarga dastyor bo‘ladi.
Tilni bilganlar bolalarizga muallim bo‘ladi. Biz Yunusobod tumani, Markaz 5 joylashganmiz.
Rektorga va Universitetga jiddiy yordam bergan bo‘lasiz, oldindan rahmat” – deb yozgan Sherzodxon Qudratxo‘ja.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling