Foto: Yahoo Money
50 yillik robot tadqiqotlari yordamida olib borilgan izlanishlar natijasiga ko‘ra, Marsdagi odamlardan qolgan chiqindilar hajmi 7 241 kilogramni tashkil etgan. Bu haqda "Yahoo Money" nashri xabar berdi.
Insonlar 50 yildan ortiq vaqt davomida Mars yuzasini o‘rganmoqdalar. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Kosmik masalalar bo‘yicha boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatlar Marsga 14 ta alohida missiyada 18 ta sun’iy obyekt jo‘natgan. Ushbu missiyalarning aksariyati hali ham davom etmoqda, ammo o‘nlab yillar davomida Marsni tadqiq qilish davomida insoniyat sayyora yuzasida juda ko‘p chiqindilarni qoldirib ulgurgan.
Marsdagi chiqindixonalarning asosiy manbasi uchta: tashlab ketilgan uskunalar, harakatsiz va halokatga uchragan kosmik kemalar.
Agar Marsga yuborilgan barcha kosmik kemalarning massasi hisoblansa, umumiy miqdor taxminan 9979 kgni tashkil qiladi. Ishlab turgan kemaning sirtdagi og‘irligini ayirib tashlansa — 2 860 kg, natijada Marsda odamlar yuzaga keltirgan chiqindilar hajmi 7 119 kg ga teng bo'ladi.
Bugungi kunda eng katta tashvishga soladigan narsa bu — Marsdagi qoldiqlar, bu hozirgi va kelajakdagi missiyalar uchun xavf tug‘diradi. Perseverance guruhlari topilgan barcha qoldiqlarni hujjatlashtiradi va ulardan birontasi rover yig‘adigan namunalarni ifloslantirishi ehtimolini tekshiradi.
NASA muhandislari, shuningdek, Perseverance qo‘nayotganda vayronalarga o‘ralashib qolishi ehtimolligini ko‘rib chiqishdi, ammo xavf past degan xulosaga kelishdi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling