Foto: gagadget
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask “Optimus” nomli odamsimon robotni namoyish etdi. Bu haqda “Korrespondent” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, hozirda robotda Tesla’ning hisoblagichlari va “avtopilot” texnologiyasidan foydalaniladi. Robot qutilarni olib yurish, jihozlarning qismlarini ajaratib olish va gullarni sug‘orish vazifalarini bajara oladi.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, ishlab chiqarish modeli soatiga 8 kilometr tezlikda harakatlana oladi va 20 kggacha bo‘lgan yuklarni ko‘tara oladi.
Robot Tesla SoC protsessori, Wi-Fi va LTE modullari hamda butun kun uchun yetarli bo‘lgan 2,3 kVt/soat quvvatga ega akkumulyator bilan jihozlangan.
Robotning narxi 20 ming dollardan kamroq bo‘lishi aytilmoqda. Ilon Maskning fikricha, uning kompaniyasi millionlab shunday robotlarni ishlab chiqara oladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling