Foto: Khaleej times
“Apple” 2017-yildan beri Chennay yaqinidagi “Foxconn” kompaniyasining yetkazib beruvchi zavodida mahsulot ishlab chiqaradi. Biroq ishlab chiqarish assortimenti eski iPhone modellarini o‘z ichiga olgan.
Bu safar kompaniya Pekinning qattiq koronavirus siyosati tufayli Xitoydan etkazib beriladigan ta’minotga qaramlikni kamaytirish maqsadida sentyabr oyida taqdim etilgan so‘nggi smartfon modellarini Hindistonga ko‘chirishga qaror qilgan.
Tahlilchilarning prognozlariga ko‘ra, “Apple” 2022-yil oxirigacha Hindistonda dunyodagi barcha iPhone 14 smartfonlarining qariyb 5 foizini, 2025-yilga kelib esa 25 foizini ishlab chiqarishi mumkin.
“Apple” kompaniyasi Hindistonda ishlab chiqarilgan smartfonlarni ham ichki bozorda, ham boshqa mamlakatlarda sotishni rejalashtirmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling