Instagram hafta ichida: Umra ziyoratini ado etayotgan mashhurlar, Moskvada medal bilan taqdirlangan Ozoda Nursaidova va Yulduz Usmonovaning garderobi

Shou-biznes vakillarining hafta davomida Instagram sahifasiga joylashtirgan eng qiziqarli foto va videolarini eʼtiboringizga havola etamiz

Ozoda Nursaidova Rossiyadagi oʻzbekistonlik mehnat muhojirlari uchun konsert berganini va medal bilan taqdirlanganini maʼlum qildi.

Nilufar Usmonova koronavirus bilan kasallanib, maʼlum muddat uydan koʻchaga chiqa olmagani haqida gapirdi.

Xonanda Lola Ahmedova tez kunlarda yangi qoʻshigʻini muxlislariga taqdim etishini maʼlum qildi.

Xonanda Afruza yangi suratini muxlislariga taqdim etdi va bir inson boshqa insonga qanday munosabatda boʻlsa unga ham shunday muomala qilishlari haqida gapirdi.

"Har birimizning oʻz koʻchamiz bor. Kimningdir koʻchasida gul oʻsadi, kimdadir esa tikan. Atrofimizdagilarga gul bersak mehr olamiz", — deydi u.

Umidaxonim tez kunlarda obunachilariga yangi qoʻshiq va klipni taqdim etishini maʼlum qildi.

Yulduz Rajabova “Turkiy xalqlar birdamligi va hamdoʻstligiga qoʻshgan hissasi uchun” “Turksoy” xalqaro mukofotiga sazovor boʻldi.

Aktrisa Raʼno Yarasheva Oʻzbek milliy akademik drama teatrining sahna orti jarayonlari aks etgan videoni shaxsiy sahifasiga joylashtirdi.

Parizodaning toʻngʻich qizalogʻi Eʼzoza “Butun vujuding bilan raqsga tush” koʻrik tanlovida "Quvonch" raqsi bilan gran-pri sohibasiga aylandi.

Turk aktyori Burak Oʻzchivit oʻgʻli Karan bilan tushgan suratini muxlislariga taqdim etdi.

Bloger va xonanda Baby Mohi sahifasiga Dubayda turmush oʻrtogʻi bilan tushgan suratini oʻzining sahifalariga joyladi.

Zohirshoh Joʻrayev Oʻzbekiston xalq artisti Sherali Joʻrayev bilan toʻyda qoʻshiq kuylayotgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.

“Million” kulgi jamoasi yetakchisi Davron Kabulov Onixʼga pul toʻlab, uning chiqishini bir yil kutishga rozi boʻlgan xaridorlarga murojaat yoʻlladi.

Aktrisa Halima Ibragimova Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning garderobi aks etgan videoni oʻzining Instagram sahifasiga joylashtirdi.

Xonanda Jahongir Otajonov onasi bilan tushgan suratini muxlislariga koʻrsatdi.

Shahzoda Muhammedova turmush oʻrtogʻi uni Istanbuldan qanday kutib olganini Instagram sahifasiga joylashtirdi.

Hozirgi kunda Umra ziyoratini ado etayotgan xonanda Manzura Rasulullohga barcha muxlislarining salomini yetkazgani haqida gapirib berdi.

Qozogʻistonning Turkiston shahrida konsert dasturlarini oʻtkazgan Shohruxxon konsert dasturidan parchani oʻzining Instagram sahifasiga joylashtirdi.

Sardor Rahimxon zamonaviy, dunyoning eng nomi chiqqan shifoxonalaridan kam boʻlmagan, eng malakali shifokorlar ishlaydigan shifoxona qurish niyati borligi haqida gapirdi.

Umra safarini ado etganayotgan Muqaddas Saʼdullayeva Kaʼba oldida oʻzining eng yaqin dugonasi Shahzoda Muhammedovani duo qilib, unga yaxshi niyatlarini bildirdi.

Xonanda Sevara Nazarxon Abu-Dabida joylashgan Shayx Zayd masjidiga borgani aks etgan videoni shaxsiy sahifasiga joylashtirdi.

Ulugʻbek Rahmatullayevning “Sizni sogʻindim” deb nomlangan konsert dasturi boshandi. Xonanda konsertning ilk kunidan olingan fotolavhalarni muxlislariga taqdim etdi.

Aktrisa va hozirgi kunda blogerlik bilan shugʻullanib kelayotgan Feruza Normatova Umra ziyoratini ado etish uchun Saudiya Arabistoniga bordi. U Makka shahrida tushirilgan videoni muxlislariga namoyish qildi.

Buxoroga, ota-onasini uyiga mehmonga borgan xonanda Yulduz Turdiyeva uyda chiroq oʻchib qolgani, qorongʻilik va sham yorugʻidan ilhomlanib, muxlislariga Alisher Navoiyning gʻazalini oʻqib bergani aks etgan videoni Instagram sahifasiga joyladi.

Mashhur xonanda Yulduz Usmonova marhum onasining vafotini bir yilligi munosabati bilan onasiga bagʻishlab qoʻshiq kuyladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar