Instagram hafta ichida: Yangi premyeralar, farzandli bo'lgan Kaniza va uylanayotgan Jasur Umirov

Shou-biznes vakillarining hafta davomida Instagram sahifasiga joylashtirgan eng qiziqarli foto va videolarini eʼtiboringizga havola etamiz

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova “Nazar” nomli yangi taronasini muxlislariga taqdim etdi. Xonanda qo‘shig‘ini yaqinlari davrasida premyera qildi.

Xonanda Qilichbek Madaliyev qiziqchi Avaz Oxunning konsert dasturida qo‘shiq kuyladi.

Manzura Umra safarini ado etib, O‘zbekistonga qaytib keldi. Uni ko'rish uchun dugonalari xonadoniga tashrif buyurdi.

Aktrisa Feruza Normatova Umra safarini ado etib, O‘zbekistonga qaytib keldi.

Xonanda Nilufar Usmonova Turkiyadagi konsert dasturiga tayyorgarlik ko‘rayotgani aks etgan videoni muxlislari bilan bo‘lishdi.

“Ummon” guruhining sobiq a’zosi Shohrux sahifasiga yaqin do‘sti, hamkasbi marhum xonanda Jasur Rafiqov bilan tushgan suratini joyladi.

Dilnoza Kubayeva 22-noyabr kuni tavallud ayyomini nishonladi. Shuningdek, aktrisa o'zining Instagram sahifasiga O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari uni tabriklagani aks etgan videoni joyladi.

Aktrisa Bahora Arslonova obunachilariga turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini namoyish qildi.

Xonanda Jahongir Otajonov tez kunlarda yangi taronasini muxlislarga taqdim etadi.

"Littos" nomi ostida ijod qiluvchi instabloger Asal Saparboyeva Qatarda o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlarida qatnashgani aks etgan suratni Instagram sahifasiga joyladi.

"Liil Xurramov" nomi ostida ijod qiluvchi Ozod Xurramov modalar namoyishi sahnasida bolaligidan Lolaga muxlislik qilgani haqida gapirdi. Shuningdek, u tadbir davomida o'zini 20 yoshda ekanini ma'lum qildi.

Aktrisa Shahlo Alijonova “Ummon” guruhining marhum xonandasi Jasur Rafiqovning xotirasiga bag‘ishlab, ularning xit qo‘shiqlarini ijro etgani aks etgan videoni Instagram sahifasiga joyladi.

Instabloger Dili.me xonanda Dostonbek Ergashevning konsert dasturida ishtirok etdi va u konsert davomida xonandaga to‘n kiydirdi.

Jaloliddin Ahmadaliyev tez kunlarida yangi taronasini muxlislariga taqdim etishini ma’lum qildi.

Aktyor Muhammadiso Abdulxairov “Zamonaviy sovchilar 4” filmining premyerasida o‘zbek kinosi hali ham “tirik” ekanini, bunga aktyorlar o‘z hissasini qo‘shishi kerakligini aytdi.

Aktrisa Shahzoda Muhammedova oila a’zolari bilan tog‘da dam olayotgani aks etgan videoni o'zining Instagram sahifasiga joyladi.

Xonanda Dilso‘z tez kunlarda hoji ota, hoji onalarga atalgan yangi qo‘shig‘ini taqdim etishini ma'lum qildi.

“Eski shahar” guruhi xonandasi Jasmin tez kunlarda muxlislariga yangi taronasiga ishlangan videoklipni taqdim etishini ma’lum qildi.

Xonanda Ruxshona sahifasiga onasi bilan tushgan suratini joylab, tugʻilgan kuni bilan tabrikladi va samimiy tilaklarini bildirdi.

Sobiq “Ummon” guruhining aʼzosi Shohrux toʻyi kuni oʻzining hamkasbi va doʻsti marhum Jasur Rafiqov bilan birga tushgan rasmini Instagram sahifasiga joyladi.

Xonanda Jasur Umirov noyabr oyining oxirida uylanayotganini maʼlum qildi.

“Oybek va Nigora” dueti xonandasi Nigora oʻzining Instagram sahifasiga Dubaydagi oilaviy dam olish jarayonlaridan lavhalarni joyladi.

Taniqli aktrisa Raʼno Shodiyeva ikkinchi marta buvi boʻldi. Uning qizi Raxshona Mahmudova qiz farzandni dunyoga keltirdi.

“Afandining qizlari” kulgi jamoasi aʼzosi Muborak Abdullayeva guruh faoliyati yakunlanganini maʼlum qildi. Shuningdek u 3 yil davomida jamoadoshlari Nigina Rajabova va Nigora Abdullaxonova bilan yaxshi xotiralar qolgani haqida gapirdi.

22-noyabr kuni xonanda Kaniza qiz farzandli boʻldi.

Xonanda Munisa Rizayeva tez kunda yangi duet premyerasini taqdim etishini maʼlum qildi.

Aktrisa Dilniza Kubayevaning ukasi Timur Kubayev uylandi. Aktyorning toʻy marosimida koʻplab shou-biznes vakillari ishtirok etdi.

Xonanda Tohir Sodiqov Qatarda boʻlib oʻtayotgan futbol boʻyicha Jahon chempionatidagi ishtiroki aks etgan suratini sahifasiga joyladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar