Instagram hafta ichida: Hayotiga suiqads uyushtirilgan Liil Xurramov, jahli chiqqan Hosila Rahimova va turmush qurgan hamda turmush qurayotgan mashhurlar

Shou-biznes vakillarining hafta davomida Instagram sahifasiga joylashtirgan eng qiziqarli foto va videolarini eʼtiboringizga havola etamiz

Xonanda Hosila Rahimovani toʻy xizmatlarining birida koʻtarib olishdi. Bundan xonandaning qattiq jahli chiqdi.

Bojalar juruhining aʼzosi Jahongir Poziljonov muxlislariga tez kunda yangi taronasini taqdim etishini maʼlum qildi.

Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova oʻzining shogirdlari bilan dizaynerlik tanlovida ishtiroki ake etgan videoni eʼlon qildi.

Koʻplab ijtimoiy tarmoqlarda Bobomurod Hamdamovning xasta yotgani aks etgan videolar tarqaldi.

Aktrisa va Instabloger Durdona Qurbonova yangi “Xiva Langari” nomli filmda suratga tushayotganini maʼlum qildi.

Aktyor Rixsitilla Abdullayev xonanda Jasur Umirovning 3-dekabr kuni boʻlib oʻtadigan toʻyi bilan tabrikladi.

Instabloger Erali Umra safarini ado etayotgani aks etgan videoni sahifasiga joyaldi.

Xonanda Rayhon yangi serialga soundterk kuyladi.

Xonanda Munisa Rizayeva oʻzining boʻlajak toʻyini Turkiyada oʻtkazishni rejalashtirayotgani haqida maʼlum qildi.

Xonanda va teleboshlovchi Ruxshona oʻzining sobiq turmush oʻrtogʻi bilan hozirgi munosabatlari qandayligi toʻgʻrisidagi savollarga oydinlik kiritdi.

Xonanda Jahongir Otajonov oʻzining yoshlikdagi tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Aktrisa va Instabloger Durdona Qurbonova oʻzining “Menga nima” nomli yangi taronasiga ishlangan klip premyerasini taqdim etdi.

Xonanda Java tez kunlarda yangi taronasini taqdim etishini maʼlim qildi.

Marhum soʻz ustasi Hojiboy Tojiboyevning qizi Intizor Tojiboyeva unashtirildi.

Aktrisa Raʼno Zokirovaning oʻgʻli Umid Zokirov tez kunlarda oila qurayotganini maʼlum qildi.

Munisa Rizayeva davolanish uchun Turkiyaga bordi.

Instagramda “Liil.Khuramov” taxallusi ostida ijod qiluvchi mashhur bloger Ozod Xurramov uning yuziga kislota sepmoqchi boʻlganlar va unga suiqasd qilmoqchi boʻlganlar haqida gapirdi.

Aktrisa Sitora Olimjonova oʻzining tugʻilgan kunini nishonladi.

Xonanda Dildora Niyozova turmush oʻrtogʻi bilan Umra safarida tushgan suratini sahifasiga joyladi.

“Baron” filmida bosh rollardan birini ijro etgan, aktyor Farhod Mahmudov uylandi.

Oʻzining bir qancha rollari bilan tomoshabinlar eʼtiborini qozongan aktyor Bunyod Rahmatullayev uylandi.

Vohidjon Isoqov Umra ziyoratini ado etib qaytgan ota-onasini kutib oldi va bu yoshlikdagi eng katta orzularidan bir boʻlganini maʼlum qildi.

Xonanda Iroda Dilroz Hyundai Creta avtomobilini xarid qilgani haqida muxlislariga gapirib berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Yusufxon Nurmatov xizmatdagi toʻylardan birida fonogramma orqali qoʻshiq kuylayotgan joyida musiqa oʻchib qolgani aks etgan videolar tarqaldi.

Xonanda Afruza 2-dekabr kuni oʻzining tugʻilgan kunini nishonladi.

“Oybek va Nigora” juftligining aʼzosi Nigoraning onasi Umra ziyoratidan qaytdi.

Barchaga taniqli mashhur xonanda Jasur Umirov Goʻzal ismli qiz bilan oila qurdi.

Xonandaning nikoh oqshomida oʻzbeks sanʼatining koʻplab yorqin yulduzlari ishtirok etdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar