Instagram hafta ichida: Turmush qurgan Shahram G'iyosov, koʻpkarida erkaklar bilan yelkama-yelka ot chopgan Hosila Rahimova va farzandli bo'lgan mashhurlar

Shou-biznes vakillarining hafta davomida Instagram sahifasiga joylashtirgan eng qiziqarli foto va videolarini eʼtiboringizga havola etamiz

“Qodirxon” va “Jurnalist orzular fasli” seriallari orqali xalqning eʼtiboriga tushgan Marjona Mirzaaliyeva 8-dekabr kuni oʻgʻil farzandni dunyoga keltirdi.

Oʻzbekiston xalq artisti, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov “Oʻzbekiston konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Marhum qiziqchi Hojiboy Tojiboyevning qizi Intizor Tojiboyeva boʻlajak turmush oʻrtogʻi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Instabloger, vayner Azoda onasini tugʻilgan kuni bilan tabrikladi.

Xonanda Malika Ravshanova oʻzining tugʻilgan kunida “Yurak” nomli yangi qoʻshigʻining premyerasini taqdim qildi.

“Ummon” guruhining sobiq xonandasi Shohrux sahifasiga yaqin doʻsti Zohid Risqiyev bilan tushgan arxiv suratini joyladi.

Teleboshlovchi Oyxon Iforzoda va Shox Alimovichlar qiz farzandli boʻlishdi.

Avtohalokatga uchrab, jarohat olgan aktyor Talʼat Yoʻldoshev kasalxonadan chiqqanini, ahvoli yaxshi ekanini maʼlum qildi.

Xonanda Sardor Toirov onasi bilan tushgan suratini Instagram sahifasiga joyladi.

Rio olimpiadasi kumush medali sohibi, jahon chempioni Shahram Gʻiyosov uylandi.

Aktrisa va Instabloger Feruza Normatova sahifasiga yangi suratini joyladi va oʻzi haqida tarqalayotgan ayrim mish-mishlarga munosabat bildirdi.

Ikki oydan buyon koma xolatida yotgan “Ummon” guruhining sobiq xonandasi Zohid Risqiyev oʻziga keldi. Maʼlum qilinishicha, hozirda uning ahvoli yaxshi.

Xonanda Mavluda Asalxoʻjayeva Jasur Umirovning toʻyida xizmat qildi.

Xonanda Lola farzandlari bilan Dubayda dam olayotgani aks etgan videoni taqdim qildi.

Aktrisa va Instabloger Durdona Qurbonova oʻzining yangi Oppogʻoy obrazidagi suratini muxlislariga taqdim etdi.

Xonanda Zohirshoh Joʻrayev kasal boʻlib qolganini, hozirda davolanayotganini maʼlum qildi.

“Zirapcha” dasturi bilan uchrashgan Munisa Rizayeva oʻzining ikki yillik ruhiy tushkunligi va oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻlgani haqida gapirdi.

Xonanda Guli Asalxoʻjayevaning uyida mehmondorchilik boʻlib oʻtdi. Xonanda xizmat qilayotgan kelinlarining videolarini taqdim etdi.

Xonanda Dildora Niyozova turmush oʻrtogʻi Latifjon Yunusov bilan Umra ziyoratini ado etayotgani aks etgan videoni taqdim etdi.

Farruh Raimov va Dilsoʻz tez kunda muxlislariga yangi duet qoʻshiqlarini taqdim etishini maʼlum qildi.

Xonanda Hosila Rahimova Romitanda oʻtkazilgan koʻpkarida erkaklar bilan yelkama-yelka ot chopgani aks etgan videoni taqdim qildi.

Yulduz Usmonova 8-dekabr Konstitutsiyasi bayrami munosabati bilan Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida konsert berdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling