Foto: RTL Nieuws
Downdetector maʼlumotlariga koʻra, foydalanuvchilar Instagramʼda global uzilish haqida xabar berishdi. Bu haqda “RBK” maʼlum qilmoqda.
Qayd etilishicha, foydalanuvchilar oʻz akkauntlariga kirishda muammolarga duch kelmoqda. Shikoyatlarning aksariyati ijtimoiy tarmoq ilovasi ustidan kelib tushgan. Turli mamlakat foydalanuvchilari oʻzlarining Twitter sahifasida Instagram akkauntidan chiqarib yuborilganidan shikoyat qilmoqda.
Shundan soʻng ilova ularning profili hamjamiyat qoidalarini buzgani uchun bloklangani haqida xabarlar paydo boʻldi.
Maʼlum qilinishicha, eng koʻp shikoyatlar Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Belgiya, Germaniya, Shveytsariya, Fransiya va AQSHda kuzatilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling