Instagramdagi yulduzlar: Shouda ishtirok etib kirmoshina yutib olgan Durdona Qurbonova, yangi qo'shiq ustida ishlayotgan Jahongir Otajonov va Jenisbek Piyazov bilan duet kuylayotgan Afruza

Shou-biznes vakillarining hafta Instagram sahifasiga joylashtirgan eng qiziqarli foto va videolarini eʼtiboringizga havola etamiz

Aktrisa, Instabloger va oxirgi kunlarda o'zini xonandalikda sinab ko'rayotgan Durdona Qurbonova "Sevimli TV" telekanalining "Yulduzli kulinar" nomli shou dasturida ishtirok etib, kirmoshina yutib olgani aks etgan videoni o'z sahifasiga joyladi.

O'zbek shou-biznesidagi taniqli kinoaktrisa Sitora Farmonova aktyor, xonanda va teleboshlovchi Samandar Xamraqulovni tavallud ayyomi bilan tabrikladi.

Shuningdek aktrisa o'zining Instagram sahifasiga yangi videosini joyladi.

Taniqli xonanda Manzura yangi bayrami uchun tayyorlanayotgan ko'rsatuvlarning birida "Jufti halolim" nomli taronasini ijro etdi.

Aktrisa va boshlovchi Luiza Rasulova syomka jarayonlariga tayyorgarlik ko'rayotgani aks etgan videoni o'z sahifasiga joyladi.

Taniqli xonanda Jahongir Otajonov yangi qo'shiq ustida ishlayotgani aks etgan videoni taqdim etdi.

Kinoaktrisa, xonanda va mashhur dizayner Shaxzoda Muhammedova hozirda turmush o'rtog'i va qizi bilan birgalikda Dubayda sayohat qilib yurgani aks etgan videoni Instagram sahifasiga joyladi.

Xonanda Afruza "Xalqlar do'stligi" san'at saroyida 25-26-dekabr kunlari o'tkazilayotgan Jenisbek Piyazovning konsert dasturida u bilan birga duet kuylayotganini ma'lum qildi.

Xonanda Janub Rasul yangi klipni suratga olish jarayonlari aks etgan hazilomus videoni taqdim etdi.

Shou-biznesning yorqin vakillari xonanda Xadichaning uyiga mehmonga bordi.

Ijtimoiy tarmoqlarda taniqli aktrisa Saida Rametova nabirasiga alla aytayotgani aks etgan videolar tarqaldi.

Bollivud qiroli Shohruh Xon 2023-yil 25-yanvarda premyerasi taqdim etilishi kutilayotgan “Pushtun” filmda bosh rollardan birini ijro etayotgani ma'lum qilindi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling