Foto: telegram
Telegramm messenjerida Qoʻqon shahar Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimida bir ayolning sogʻligʻi yomonlashgani va yana bir fuqaroroning esa oʻziga tan jarohoti yetkazayotgan holati aks etgan video tasvir tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Fargʻona viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati izoh berdi.
Ma'lum bo'lishicha, 2022-yil 1-sentabr kuni Qoʻqon shahar U.Nosir koʻchasida YPX inspektorlari tomonidan toʻxtatilgan “Matiz” mashinasi haydovchisining psixotrop modda taʼsirida ekanlikda gumonlanib, tibbiy tekshiruvga taklif etilgan vaqtda haydovchi tibbiy tekshiruvdan bosh tortgan.
Ushbu holat yuzasidan YPX inspektorlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 136-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
5-sentabr kuni ushbu “Matiz” rusumli transport vositasi haydovchisi va uning onasi Qoʻqon shahar Ichki ishlar boʻlim Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimiga kelib, ushbu maʼmuriy bayonnomaga eʼtiroz bildirib, tarnsport vositasini jarima maydonidan chiqarib berishni soʻrashgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan yuqoridagi holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar sud organiga koʻrib chiqish uchun yuborilishi hamda qonuniy qaror qabul qilinishi tushuntirilganda haydovchining bundan jahli chiqib, oʻziga tan jarohati yetkazgan va onasining sogʻligi yomonlashgan.
Ushbu fuqarolarga zudlik bilan tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Hozirda holat yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling