Foto: factoved.ru
Oʻrta Yer dengizi haddan tashqari isib ketmoqda, olimlar bunday rekord koʻrsatkichni birinchi marta qayd etishdi. Bu haqda "Euronews.com" xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, noyabr oyida suvning harorati 23°C ga yetgan, bu esa mavsumiy meʼyorlarga nisbatan 5°C ga yuqori koʻrsatkich hisoblanadi. Ushbu issiqlik toʻlqini butun ekotizimga tahdid soladi.
“Dengiz hayvonlarining baʼzi turlari koʻchib ketadi, ayrimlari esa umuman yoʻqolib ketishi mumkin”, — deydi okeanolog Karina fon Shukman.
Yozda Oʻrta Yer dengizi havzasida jazirama issiq boʻlgani oqibatida eng koʻp Fransiya qirgʻoqlari zarar koʻrgan. Dengizning judayam isib ketishi oqibatida baʼzi dengiz oʻsimliklari nobud boʻlmoqda. Olimlar vaziyat faqat yomonlashishi mumkinligidan xavotirda. Oʻrtacha global haroratning koʻtarilishi, issiqlik toʻlqinlari va dengiz haroratining koʻtarilishi intensivligi va chastotasi ortib bormoqda.
Global isish va iqlim oʻzgarishi yil sayin kuchayib bormoqda. Dengizdagi issiqlik toʻlqinlari quruqlikdagi ob-havoning isishi tufayli yuzaga keladi va iqlim oʻzgarishi bilan ular tez-tez va uzoq davom etadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling