Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining ustiga benzin sepib, o‘zini yoqib yuborgan ishchisi vafot etdi, deb xabar berdi Daryo nashri.
Ma'lum qilinishicha, Joriy yilning 2-avgust kuni Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi ishchisi ustiga benzin sepib, o‘zini yoqib yuborgan.
"Zavodning kirish joyida o‘t o‘chirish uskunasi ham bo‘lmagan. Hech kim yordam berolmagan. O‘chirolmagan. Sanobar opani 75 foiz kuygan deyishyapti”, — deya xabar bergan zavod ishchilari.
Qayd etilishicha, Sanobar Haydarova 2-avgust kunidan beri Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali kombustiologiya bo‘limida davolanayotgan edi.
Sanobar Haydarova 10-avgust kuni soat 07:05 da Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialida vafot etgan.