Foto: Teznews
Toshkent shahrining Mirobod tumanida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati deposida ishga joylab qo'yishga va’da bergan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘zbekiston” lokomotiv deposining muqaddam sudlangan haydovchisi fuqaroni O‘TY 1-sonli vagon ta’mirlash bazasiga ishga joylashtirmoqchi bo‘lib, buning uchun 2 ming dollar talab qilgan. Erkak avans sifatida 1 ming dollar olishga muvaffaq bo‘lgan.
Huddi shunday holat “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ vagon restorani menejeri bilan ham sodir bo'ldi.
Qayd etilishicha, u fuqaroni maxsus vagonga tozalovchi sifatida ishga kiritib qo'yish uchun 400 dollar so'ragan.
Foto: Prokuratura Departamenti
Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 28, 211 (pora olish) moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tergov olib bormoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling