Toshkentda sodir bo'lgan avtohalokatda piyoda halok bo'ldi. Aybdor jazolandimi?

Tergovchilar jinoyat tarkibi yo‘qligi sababli ishni to‘rt marta to‘xtatgan

Foto: Videodan lavha<br>

Foto: Videodan lavha

Toshkent shahrida sodir boʻlgan YTH oqibatida piyoda halok boʻlgan. Lekin, haydovchiga nisbatan hech qanday tegishli choralar koʻrilmagan. Bu haqda bloger Nikita Makarenko oʻzining sahifasiga joylangan marhumning onasiga tegishli videomurojaatda aytiladi.

Maʼlum qilinishicha, voqea 2021-yil 25-sentyabr kuni sodir boʻlgan. Unga koʻra, “Neksiya-3” haydovchisi Temur Malik koʻchasida piyodani urib yuborgan.

“Holat boʻyicha Toshkent shahar IIB jinoiy ish qoʻzgʻatdi, biroq tergovchi darhol menga sud boʻlmasligini aytdi, garchi kuzatuv kameralaridan voqeaga aloqador uchta video bor edi”, — deydi marhum fuqaroning onasi.

Mazkur voqea aks etgan videolarga koʻra, haydovchi piyodalar oʻtish yoʻlagini oldida ham tezlikni pasaytirmagan. Yuzaga kelgan yoʻl-transport harakatidan keyin ham u kamida 50 metr masofagacha harakatlangan.

“Boʻlib oʻtgan voqeadan keyin haydovchi tez yordam ham chaqirmagan, jabrlanuvchiga hech qanday yordam koʻrsatishgan urinmagan. Balki uning IIBdagi tanishlari jinoyat ishlarini yashirishga yordam bergandir. Haydovchining mashinasi videolarda aks etgan boʻlsada bu ish koʻrib chiqilmagan”, — deyiladi xabarda.

YTH sodir boʻlganidan biroz vaqt oʻtgach haydovchi marhumning jasadini mashinasiga ortgan va eski ToshMIga olib borgan va uning vafot etgani haqida xabar topgan.

Murojaatda aytilishicha, tergovchilar jinoyat tarkibi yoʻqligi sababli bu ishni toʻrt marta toʻxtatishgan. Prokuratura toʻrt marta tergovchilarning qarorlarini bekor qilgan.

Maʼlum qilinishicha, oxirgi bekor qilish 2022-yilning 19-oktyabr kuni boʻlgan. Biroq, ayolning soʻzlariga koʻra, tergovchi ish materiallari kuzatuv kameralaridagi videoga mos kelmasligini hamda beshinchi marta ham bu ishni yopishini aytgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling