Qarshi shahri Xalq ta'limi bo'limi mansabdor shaxslari tomonidan ko'p miqdordagi byudjet mablag'lari talon-taroj qilinganligi yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi.
Qashqadaryo viloyati prokuraturasi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan Qarshi shahar xalq ta’limi bo‘limi mansabdor shaxslari tomonidan juda ko‘p miqdordagi (329 mln so‘m) byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganlik holati yuzasidan JKning 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov harakatlari davomida Qarshi shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan bo‘lib, hozirda yetqazilgan moddiy zarar qoplanganligi va qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa holatlarni hisobga olgan holda, garov ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergov harakatlari davomida taraflarning barcha vajlari to‘liq va xolisona ko‘rib chiqilib, natijalariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi. Tergov harakatlarining borishi nazoratga olingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling