Samarqanddagi kanaldan 18 yoshli qizning jasadi topildi — video

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Pastdargʻom tumani hududidan oʻtuvchi kanalda yosh qizning jasadi topilganligi haqida xabarlar eʼlon qilingan. Ushbu xabarlarga Bosh prokuratura rasmiy munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, 2022-yil 1-oktyabr kuni Pastdargʻom tumani “Kamolot” mahallasi hududida joylashgan yerteshar suv taqsimlash kanalida Samarqand shahrida yashagan 18 yoshli qizning murdasi topilgan.

Mazkur oʻlim sababini va boshqa holatlarni aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi hamda tegishli xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Pastdargʻom tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tekshirish mobaynida videoxabarda koʻrsatilgan boshqa holatlarga ham oʻrganilib, huquqiy baho berilishi taʼminlanishi aytilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling