Xabarovsk oʻlkasining Nanay tumanida avtobus ishtirokida sodir boʻlgan yoʻl transport hodisasi natijasida 7 kishi halok boʻldi, 23 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Xabarovsk-Komsomolsk-Amur yoʻlining 178-kilometrida sodir boʻlgan. Aniqlanishicha, avtobusda tumandagi korxonalaridan birining navbatchilikdagi ishchi xodimlari boʻlgan va ular Malmij qishlogʻiga ishlash uchun ketishayotgan boʻlgan.
Hodisa oqibatida 7 kishi halok boʻlgan, 23 kishi esa turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Aniqlik kiritilishicha,bemorlarning uch nafari oʻta ogʻir ahvolda.
Xabarga koʻra, hozirda voqea joyida Favqulodda xizmat xodimlari, Lidoga qishlogʻi qutqaruvchilari, mahalliy yongʻin-qutqaruv boshqarmasi xodimlari, shifokorlar va yoʻl harakati politsiyasi inspektorlari ishlamoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling