Samarqandda nogironligi bo'lgan yigit zanjirband qilingani tasvirlangan videoga izoh berildi

Uy ishlarini qilmaslik uchun shunday qilgan

Videodan lavha

Videodan lavha

Samarqand viloyati IIB matbuot kotibi Ishtixon tumanida joylashgan nogironligi boʻlganlar uchun moʻljallangan maktab internetda tarbiyalanuvchilardan biri zanjirband qilib qoʻyilgani tasvirlangan videoga munosabat bildirdi.

Ma'lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Ishtixon tumani Ravot qishlogʻida yashovchi fuqaro boʻynida zanjir bilan bogʻlangani holati yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan. Natijada ushbu holat 15-noyabr kuni sodir boʻlgani aniqlangan.

Ravot qishlogʻida yashovchi 21 yoshli (tugʻma kar-soqov) fuqaro 2004-yildan “Samarqand eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun” 61-sonli maxsus maktab internatida oʻqib, 12-sinfni tugatgan. 2003-yildan buyon Ishtixon tumani yashovchi togʻasining qoʻlida tarbiyalagan, togʻasi uni ushbu maxsus maktabda oʻqitgan.

Ushbu fuqarodan mutaxassis (surdopedagog) ishtirokida tushuntirish olinganda, u uyidagi roʻzgʻor yumushlarini bajarmaslik uchun oʻzini-oʻzi metall zanjir bilan bogʻlab, qulf osib olganini aytgan. O'zi bilan birga turuvchi akasi (tugʻma kar-soqov)dan ushbu holatni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatishini soʻrab, shu yoʻl bilan uy ishlaridan qutilishni maqsad qilganini ma'lum qilgan.

Fuqaroning togʻasidan tushuntirish olinganda, u jiyaniga nisbatan bu kabi harakatlarni sodir etmagani, holatni ijtimoiy tarmoqqa chiqqanidan soʻng bilganini aytgan.

Fuqaro Ishtixon tumani Tibbiyot birlashmasida tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganda, uning tanasida hech qanday tan jarohatlar aniqlanmagan. Taraflardan tushuntirishlari hamda holat oʻrganilib, holat yuzasidan jinoyat ishini qoʻzgʻatishdan rad qilish haqida qaror qabul qilingan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling