Foto: Repost.uz
Qashqadaryoning Dehqonobod tumanida maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari 300 dollar pora bilan qoʻlga tushgani aytilmoqda. Bu haqda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda fuqaro arizasi yuzasidan tezkor tekshiruv tadbirlari oʻtkazilgan.
Tadbir davomida Dehqonobod tumanidagi 7-sonli MTT rahbari ishga qabul qilish evaziga ariza bilan murojaat qilgan fuqarodan 300 dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan MTT rahbariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling