Foto: Repost.uz
Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida tibbiyot birlashma bosh shifokori 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, fuqaro arizasiga koʻra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tezkor tadbir davomida Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi birlashmada katta hamshira lavozimida ishlovchi shaxs orqali bir fuqaroni ishga qabul qilish evaziga 500 dollarni pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari Qarshi tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling