Foto: Repost.uz
Buxoro viloyatida fuqaroni katta pul evaziga Janubiy Koreya davlatiga ishlash uchun yuborishni vaʼda qilgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar boʻlimi tomonidan tergovga qadar tezkor tekshiruv tadbirlari oʻtkazilgan.
Tadbirlar davomida, muqaddam firibgarlik jinoyatlari uchun 2-marta sudlangan fuqaro ikki nafar shaxsni Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborish evaziga jami 23 ming dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.
Shu kaba Departamentning Qarshi shahar boʻlimi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, ikki nafar shaxs boshqa bir fuqaroni “Qarshi temiryoʻl uzeli” AJga ishga kiritib qoʻyish evaziga 2 000 dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling