Adliya xodimi 4 ming dollar pora bilan qo'lga tushdi

Noqonuniy ishga aloqador boʻlgan Olmaliq shahridagi maktabgacha taʼlim tashkiloti mudirasi ham qoʻlga olingan

Foto: O'zA

Foto: O'zA

Toshkent viloyatida adliya xodimi 4 ming dollar pora olayotganda qoʻlga olindi. Bu haqda "O'zA" xabar bermoqda.

Toshkent viloyatida qayd etilgan holatda Olmaliq shahar adliya boʻlimi xodimi mahalliy fuqaroni Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga ishga kirishida yordam berishni va'da qilgan. Adliya bo'limi xodimi ushbi xizmati evaziga 4 ming dollar olgan vaqtida DXX tomonidan ushlangan.

Shuningdek, ushbu noqonuniy ishga aloqador boʻlgan Olmaliq shahridagi maktabgacha taʼlim tashkiloti mudirasi ham qoʻlga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling