Samarqandda fuqaroni 25 ming dollar evaziga AQSHga yuborishni va'da qilgan shaxs ushlandi

U fuqaroni Meksika orqali AQSHga yubormoqchi boʻlgan

Foto: Repost.uz<br>

Foto: Repost.uz

Samarqand viloyatida fuqaroni ishonchiga kirib, uni 25 ming dollar evaziga AQSHga yuborishni vaʼda qilgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati Boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida noqonuniy migratsiya va odam savdosiga qarshi kurash yoʻnalishida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Olib borilgan tekshiruvlar davomida, Samarqand shahrida yashovchi 28 yoshli fuqaro boshqa bir mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uni 25 ming dollar evaziga Meksika orqali AQSHga yuborishni vaʼda qilgani aniqlangan.

Shuningdek, mazkur shaxs fuqarodan hujjatlarni rasmiylashtirish uchun oldindan 10 ming dollar olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling