Afg'oniston poytaxtidagi masjidda portlash yuz berdi

Portlash oqibatida 21 kishi halok bo'lgan, 33 ta odam jarohat olgan

Foto: voanews.com

Foto: voanews.com

17- avgust kuni Qobul shahri shimoli-sharqidagi masjidda portlash yuz berdi. Bu haqda Voanews xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, kuchli portlash chorshanba kuni kechki namoz vaqtida shahar shimolidagi Xer-Xanna mahallasidagi Siddiqiya masjidida sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, o‘lganlar orasida taniqli afg‘on olimi va so‘fiylik targ‘ibotchisi Amir Muhammad Kobuliy ham borligi aytilmoqda.

Qobuldagi Italiyaga qarashli Emergency7 xayriya kasalxonasi bayonotida aytilishicha, portlash joyidan muassasaga olib kelingan 27 jabrlanuvchidan ikki nafari vafot etgan, uchinchi bemor esa tez yordam xonasida vafot etgan. Ta'kidlanishicha, jarohatlanganlar orasida besh nafar bola, jumladan 7 yoshli bola ham bo'lgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling