Toshkentda "Abu Saxiy" bozoridagi do'kondan qiymati 52,7 mln so'mlik telefonlarni o'g'irlagan erkak ushlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilgan

Foto: KU66

Foto: KU66

Toshkent shahrida joylashgan “Abu Saxiy” savdo majmuasidagi doʻkonlardan biridan 25 ta telefon oʻgʻirlagan erkak ushlandi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Chilonzor tumani IIO FMBga 14-dekabr kuni soat 18:30 larda nomaʼlum shaxs “Abu Saxiy” savdo majmuasidagi doʻkonlardan birining kirish eshigi ochiq qolganidan foydalanib jami 52,7 mln soʻmlik 25 dona turli rusumdagi uyali telefonlarni oʻgʻirlab ketgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 29 yoshli X.I. aniqlanib, qoʻlga olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling