Britaniya razvedkasi: urush tufayli Rossiyaning NATOga qarshi kuchi jiddiy zayflashdi

Harbiy salohiyatni tiklash uchun Rossiyaga yillar kerak boʻladi

Foto: outlookindia

Foto: outlookindia

Britaniya razvedkasi Ukrainadagi urush tufayli Rossiya NATOga qarshi turish uchun harbiy salohiyatining bir qismini yoʻqotganini ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, oʻtgan haftada Xarkov viloyatidan olib chiqilgan Rossiya qoʻshinlarining bir qismi Gʻarbiy harbiy okrugning 1-gvardiya tank armiyasidan bo'lgan. Ushbu boʻlinma Ukrainaga bostirib kirishning dastlabki bosqichida katta yoʻqotishlarga uchragan va Ukrainaning Xarkovdagi qarshi hujumi oldidan jangovar qobiliyatini toʻliq tiklashga ulgurmagan.

Foto: ISW

Foto: ISW

Birinchi gvardiya tank armiyasi Rossiyaning eng nufuzli boʻlinmalaridan biri hisoblanadi. Agar NATO bilan urush boʻlsa, u Moskvani himoya qilishi va qarshi hujumga oʻtishi kerak edi.

"Gʻarbiy harbiy okrug tarkibiga kiruvchi 1-gvardiya tank armiyasi va boshqa boʻlinmalarning keskin kamayishi tufayli Rossiyaning NATOga qarshi turish uchun moʻljallangan oddiy kuchlari jiddiy zaiflashdi. Bu harbiy salohiyatni tiklash uchun Rossiyaga yillar kerak boʻladi", deyiladi Xalqaro urushni oʻrganish instituti (ISW) hisobotida.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling