Farg'onalik futbolchi hamkasblarining 18 mln so'mdan ortiq pulini o'g'irlagani aytilmoqda

Unga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Professional futbol klubi aʼzosi hamkasbining bank kartasidagi pullarini oʻzlashtirdi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, jizzaxlik 29 yoshli hamda surxondaryolik 28 yoshli futbolchilar ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum shaxs ularning bank kartalaridagi umumiy 18 mln so'mdan ortiq pullarini yechib olinganligini bildirishgan.

Maʼlum qilinishicha, tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida pullarni oʻzlashtirgan shaxs futbol klubi aʼzosi — Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanida yashovchi 18 yoshli shaxs ekanligi aniqlangan.

Ushbu shaxs jinoyatni futbol klubi jamoasi mashgʻulotlar oʻtkazgan vaqtda futbolchilar buyumlari qoldirilganligidan foydalanib, telefon qurilmalaridan bank kartasi ulangan sim-kartalarni oʻzining qurilmasiga oʻtkazib, SMS-xabarnomalarni qoʻlga kiritish yoʻli bilan amalga oshirganligi maʼlum boʻlgan.

Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi (o'g'irlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling