O'zbekiston fuqarolari Tailand chegarasida "kiberqullikda" saqlanib kelayotgani aytililmoqda

 Aniqlanishicha, u yerdan chiqishning ikki yo'li bor, biri qochib ketish yana biri ular talab qilgan pulni to'lash

Foto: CentralAsia<br>

Foto: CentralAsia

Tailandga ishlash uchun kelgan o‘zbekistonliklar badavlat erkaklardan pul olish uchun qizlar niqobi ostida internetda tilanchilik qilishga majbur bo‘lmoqda. Bu haqda "Istiqbolli avlod" respublika ijtimoiy markazi axborot xizati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Markazning "Ishonch telefoni"ga noma'lum shaxs tomonidan qo'ng'iroq qilinib, 20 yoshga ham to'lmagan va firibgarlar qurboniga aylangan O'zbekiston fuqarosi haqida gapirgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, yigit ikki ming dollar maosh bilan logistika bo'yicha ishga kirish uchun ariza topshirib, Tailandga ketgan. Bu ishga joylashish uchun yigitdan talab qilinadigan narsa kompyuter ko'nikmalari va ingliz tilini bilish edi.

Ma'lum bo'lishicha, yigit ishga joylashish uchun Bangkokga borgan, u yerda ish beruvchi uni kutib olgan. Shuningdek, ular o'z manzillariga — Tailand va Myanma chegarasiga jo'nab ketishgan. Yetib kelgach, O'zbekiston fuqarosining pasporti ro'yxatga olish bahonasida olib qo'yilgan.

So'ng, yigit, har tarafi harbiy kiyimlardagi qurollangan odamlar tomonidan qo'riqlanadigan yopiq hududga joylashtirilgan, shu bilan birga u yerda yigitga vazifasini tushuntirib berilgan.

Ish ayollar nomiga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt yaratish va keyin amerikalik erkaklar bilan yozishmalarni olib, ularni pul jo‘natishga ishontirishni o‘z ichiga olgan. Pul o'tkazmasini olgandan so'ng, hisoblar va yozishmalar o'chirilishi talab qilingan.

Shu tariqa u yerda majburan ushlab turilganlar kuniga 18 soatdan ishlashga majbur bo'lgan. Bu ishni rad etganlar bir necha kun davomida ovqatsiz qoldirilgan va qorong'u xonalarga qamab qo'yilgan.

O'zbekistonlik yigit uni ishga yollagan shaxsdan vataniga qaytishiga yordam berishini so'ragan, biroq, u 4500 dollar to'lab, keyin istagan joyiga ketishi mumkinligini aytgan.

"Bangkokdagi hamkorlarimizning aytishicha, bu joydan chiqishning faqat ikkita yo'li bor – qochib ketish yoki belgilangan pulni to'lash. Boshqa yo'l yo'q", — dedi "Istiqbolli avlod".

Markaz rasmiylarining ta'kidlashicha, Hozirda Tailand chegarasida o'nga yaqin o'zbek fuqarosi majburan saqlanib kelinmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling