JCH—2022. Ispaniya Yaponiyaga mag'lub bo'ldi va ikki terma jamoa ham pley-offga chiqdi. Germaniya g'olib bo'ldi, biroq guruhda qolib ketdi

"E" guruhida 3-tur o'yinlari yakunlandi.

Qatarda boʻlib oʻtayotgan Jahon Chempionatining “E” guruhidan oʻrin olgan 3-tur uchrashuvlari yakunlandi. Unda Ispaniya — Yaponiya, Germaniya — Kosta-Rika terma jamoalari oʻzaro bahs olib bordi.

Yaponiya — Ispaniya 2:1

Gollar: 0:1 – 11 Morata, 1:1 – 48 Doan, 2:1 – 51 Tanaka.

Yaponiya: Gonda, Yosida, Taniguti, Itakura, Nagatomo (Mitoma, 46), Morita, Tanaka (Endo, 87), Kamada (Tomiyasu, 69), Kubo (Doan, 46), Ito, Maeda (Asano, 62).

Ispaniya: Unai Simon, Aspilikueta (Karvaxal, 46), Rodri, Pau Torres, Balde (Alba, 68), Buskets, Pedri, Gavi (Fati, 68), Olmo, Morata (Asensio, 57), Uilyams (Ferran Torres, 57).

Ogohlantirishlar: Itakura (39), Taniguti (44), Yosida (45).

Kosta-Rika — Germaniya 2:4

Gollar: 0:1 – 10 Gnabri, 1:1 – 58 Texeda, 2:1 – 70 Vargas, 2:2 – 73 Haverts, 2:3 – 85 Haverts, 2:4 – 89 Fullkrug.

Kosta-Rika: Navas, Fuller (Bennette, 74), Duarte, Uoston, Vargas, Ovedo (Kontreras, 90), Agilera (Salas, 46), Borxes, Texeda (Vilson, 90), Venegas (Matarrita, 74), Kempbell.

Germaniya: Noyer, Ryudiger, Zyule (Ginter, 90), Raum (Getse, 67), Gundoʻgʻan (Fullkrug, 55), Goretska (Klostermann, 46), Kimmix, Myuller (Haverts, 67), Gnabri, Sane, Mutsiala.

Ogohlantirish: Duarte (76).

Shu tariqa Yaponiya 6 ochko bilan guruh peshqadami sifatida pley-offga yoʻl oldi. Ispaniya esa 4 ochko bilan 2-oʻrinni, Germaniya ham shuncha ochko bilan 3-pogʻonani egalladi. Kosta-Rika 3 ochko bilan 4-oʻrindan joy oldi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar