JCH—2022. Ispaniya Kosta-Rikani tor-mor etdi

"E" guruhining 1-turidan o'rin olgan yana bir uchrashuv yakuniga yetdi

Qatarda boʻlib oʻtayotgan Jahon chempionatining 1-turi doirasida Ispaniya — Kosta-Rika terma jamoalari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda ispanlar raqiblarini ayab oʻtirmadi va yirik hisobda gʻalabaga erishdi.

Ispaniya — Kosta-Rika

Gollar: 1:0 – 11 Olmo, 2:0 – 21 Asensio, 3:0 – 31, penalti Ferran Torres, 4:0 – 54 Ferran Torres, 5:0 – 74 Gavi, 6:0 – 90 Soler, 7:0 – 90+2 Morata.

Ispaniya: Unai Simon, Aspilikueta, Laport, Rodri, Alba (Balde, 64), Buskets (Koke, 64), Pedri (Soler, 57), Gavi, Olmo, Asensio (Uilyams, 69), Ferran Torres (Morata, 57).

Kosta-Rika: Navas, Fuller, Martines (Uoston, 46), Duarte, Kalvo, Ovedo (Matarrita, 82), Borxes (Agilera, 72), Texeda, Kempbell, Kontreras (Samora, 61), Bennette (Ruis, 61).

Ogohlantirishlar: Kalvo (68), Kempbell (90).

Eslatib oʻtamiz, guruhning dastlabki bahsida Yaponiya terma jamoasi Germaniyani 2:1 hisobida magʻlub etgandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar