Faoliyatini yakunlagan Pike yana o'yin qaydnomasiga kiritildi, Mahmud Muradov tezroq jang qilmoqchi, Klopp qur'ada "Real Madrid" tushganidan xursand — kunlik sport dayjesti

Ushbu materialda eng muhim kunlik sport xabarlari bilan tanishib borishingiz mumkin 

Foto: You tube

Foto: You tube

Repost.uz nashri O'zbekiston va dunyo bo'yicha eng qiziq sport xabarlarini qisqa va tushunarli ko'rinishda bir joyga jamladi.

Mahmud Muradov tezroq yana oktagonga qaytib jang qilmoqchi

“Ertalabki mashqlar: yengil atletika, sprint. Navbatdagi jangga tayyorgarliklarni boshladik. Sana va raqib maʼlum boʻlsa bas. Imkon qadar tezroq oktagonga qaytmoqchiman. Yaqin kunlarda Yevropaga yigʻin mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun yoʻl olamiz. Qoʻllab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga rahmat”, - deya yozib qoldirdi Muradov instagram sahifasida.

Faoliyatini yakunlagan Pike "Osasuna"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritildi

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Pike uchun Ispaniya chempionatida “Almeriya”ga qarshi bahs soʻnggisi boʻlishi kerak edi. Qayd etilishicha, futbolchi “Osasuna” bilan bahs qaydnomasiga tarkibdagi muammolar tufayli kiritilgan.

Drogba Islom dinini qabul qilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Foto: Ghana Web

Foto: Ghana Web

“Bu hikoya hamma joyga tarqalib ketdi, lekin men dinimni oʻzgartirmadim. Bu mening qishlogʻimga tashrif buyurgan musulmon birodarlarimga boʻlgan hurmatim, birlashish daqiqasi edi. Hammaga muhabbat va yaxshilik tilayman”, — deydi Drogba.

Tarixda ilk bor oʻzbek dzyudochi qizi jahon reytingida peshqadamga aylandi

Foto: Olimpic uz

Foto: Olimpic uz

Boku “Katta Dubulgʻa” turniridan soʻng Xalqaro dzyudo federatsiyasi sportchilarning yangilangan reytingini eʼlon qildi.

Ahamiyatlisi, musobaqadagi gʻalabasi evaziga Diyora Keldiyorova 52 kg vazn toifasi peshqadamiga aylandi. Qayd etish joiz, shu paytgacha hech bir o'zbekistonlik dzyudochi qiz dunyo reytingida birinchi oʻringa koʻtarilmagan edi. 

Manuel Noyer Qatardagi Jahon chempionatida chempion bo'lsa faoliyatini tugatishini aytdi

Foto: You tube

Foto: You tube

“Oʻylashimcha, Qatardagi jahon chempionati men uchun oxirgisi boʻladi, ammo bunday boʻlmasligi ham mumkin. Ochigʻi, bu musobaqa natijasiga bogʻliq. Agar jahon chempioni boʻlsak, terma jamoa bilan xayrlashish haqida oʻylayman. Qatardagi mudnialda gʻolib boʻlmoqchimiz, deb aytishdan qoʻrqmayman. Ammo bilamizki, koʻplab kuchli jamoalar bizga qarshi toʻqnash keladi”, deydi Noyer.

Klopp qur'ada Real Madrid tushganidan xursand ekanligini ma'lum qildi

Foto: 90 min

Foto: 90 min

“Bu haqiqiy Chempionlar ligasi. Qurʼadan hamma xursandligi maʼlum. ”Real“ bilan finallarda toʻqnash kelganmiz. Bu oʻyinni sabrsizlik bilan kutyapman.

”Real“ning yevrokuboklardagi natijalari juda zoʻr. Buni bilamiz. Ammo bizdagi vaziyat unchalik yomon emas. Raqib ”Enfild"da oʻynashiga toʻgʻri keladi va bu nima ekanligini yaxshi tushunayotgan boʻlsangiz kerak", deydi Yurgen Klopp.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar