Foto: Repost.uz
Oʻzbekiston hududlarida dam olish kunlari sovuq havo boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda Respublika Gidrameteorologiya xizmati markazi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2-dekabr kuni Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat togʻ oldi va togʻli hududlarda asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi. Respublikaning eng janubiy qismining baʼzi joylarida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Kunduzi havo harorati 0...+5 darajagacha iliq, shimolda -2...-5 darajagacha sovuq atrofida boʻlishi kutilmoqda.
Shuningdek, sovuq antitsiklon taʼsiri dam olish kunlari ham saqlanib turadi. Havo harorati kechalari -2...-7 darajagacha sovuq, kunduz kunlari 0...+5 darajagacha iliq, shimolda kechalari -10...-13 darajagacha, baʼzi joylarda -15...-17 darajagacha sovuq, kunduz kunlari -2...-7 daraja sovuq atrofida boʻlishi mumkin.
Maʼlum qilinishicha, Respublikaning barcha hududlarida kuchsiz shamol bilan quruq ob-havo boʻlishi kutimloqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling