Foto: skysports
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe jamoadoshi Neymar bilan munosabatlari haqida gapirdi.
“Bu Neymar bilan birga oltinchi yilimiz. Bizda doimo oʻzaro hurmatga asoslangan munosabat boʻlgan. Baʼzida iliq, baʼzida esa sovuqroq. Men Neymarni va uning jamoaga qoʻshadigan hissasini hurmat qilaman.
”Yuventus“ bilan oʻyinda qay birimiz penalti tepishimizni bilmayman, oʻyindagi vaziyatdan kelib chiqamiz. Agar sen birinchi penaltichi boʻlsang, bu barcha 11 metrlik zarbalarni sen berasan degani emas”, — dedi Mbappe.
Eslatib oʻtamiz, 6-sentabr kuni YeCHL doirasida PSJ “Yuventus”ga qarshi oʻyin oʻtkazadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling