Barchaga taniqli xonanda Munisa Rizayeva oʻzining Instagram sahifasi orqali jonli efir uyushtirib, muxlislari bilan dildan gaplashdi. Mazkur efrida xonanda shaxsiy hayoti va oʻzi vaʼda qilgan yangi xitning premyerasiga bogʻliq savollarga javob berdi.
Munisa Rizayevaning soʻzlariga koʻra, hozirda uning sevgan kishisi yoʻq, lekin u boʻlajak toʻyini qayerda oʻtkazishini alllaqachon rejalashtirib qoʻygan. Maʼlum qilishicha, xonanda boʻlajak toʻy marosimi uchun Istanbul shahrini tanlagan. Uning fikricha, mazkur shaharda bunday marosimlar uchun juda koʻp chiroyli joylar mavjud.
“Sizlar uchun yangi xit taronasini ustida ish olib boryapman, tez orada premyerasini taqdim etaman”, — deydi xonanda.
Maʼlumot uchun, bir nech kun avval xonanda yangi duet tarona ustida ishlayotganini maʼlum qilgan edi. Biroq, u duetdosh sherigi kimligini maʼlum qilmagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling