Foto: Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati
Jizzax viloyatida 1,2 tonna nomaʼlum hayvon goʻshtini Toshkentga sotish uchun olib ketayotgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Jizzax viloyati IIB JXX JTSB karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi hamda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari hamkorligida Doʻstlik tumanida joylashgan “Manas-14” YPX maskanida reyd tadbirlari oʻtkazilgan.
Foto: Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati
Tadbir davomida “Samarqand-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan Isuzu toʻxtatilib, mashina yukxonasi tekshirilganda nomaʼlum hayvonga tegishli jami 1,2 tonna goʻsht mahsuloti borligi aniqlangan.
Surishtiruvlar natijasida ushbu goʻsht Samarqand viloyatidan Toshkent shahriga sotish maqsadida olib ketilayotgani maʼlum qilingan.
Foto: Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati
Xabarga koʻra, goʻsht mahsulotining isteʼmolga yaroqli yoki yaroqsizligini aniqlashtirish uchun vaqtincha muzxonaga joylashtirilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling