Toshkent viloyatida avtobusning gaz balloni portladi

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq

Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumani, “Registon” MFY, Navbahor koʻchasida joylashgan avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchasida 1-fevral kuni soat 08:40 da avtobus gaz balloni portladi.

Maʼlum qilinishicha, Isuzuʼga gaz toʻldirish vaqtida gaz ballonidagi gaz toʻldirish uchun moʻljallangan qismiga ulangan maxsus metal moslama chiqib ketgan. 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling