Qashqadaryoda to'rt oy ilgari bedarak yo'qolgan o'smir qidirilmoqda

Yigit uydan chiqib, izsiz g'oyib bo'lgan

Foto: Qashqadaryo IIB matbuot xizmati<br>

Foto: Qashqadaryo IIB matbuot xizmati

Qashqadaryo viloyatining Koʻkdala tumanida 16 yoshli Abbos Bekzodov qidirmoqda. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Abbos Bekzodov bobosi bilan Torjilgʻa qishlogʻida yashagan. Maʼlumotlarga koʻra, oʻsmir 10-avgust kuni uydan chiqib ketgan va qaytib kelmagan.

“Qidiruvdagi fuqaro haqida biror maʼlumotga ega fuqarolardan Qashqadaryo viloyati IIB 102 xizmatiga yoki yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar berishlari soʻraladi.”, — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling