Foto: Ecns.cn
Janubiy Koreyaning Seul shari markazida 275 nafar yoʻlovchisi boʻlgan poyezd relsdan chiqib ketdi. Bu haqda Yonhap agentligi Koreya temir yoʻl korporatsiyasining maʼlumotlariga tayanib xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea mahalliy vaqt bilan soat taxminan 21:00 (Toshkent vaqti bilan 17:00) atrofida sodir boʻlgan. Temir yoʻl operatorining bergan maʼlumotlariga koʻra hodisa vaqtida poyezdda 275 kishi boʻlgan. Shuningdek, oltita vagon relsdan chiqib ketgan. Voqea oqibatida 30 kishi jabrlangan.
Mazkur hodisa vaqtida poyezd Seuldan 180 km janubda joylashgan Iksan shahriga (Shimoliy Jeolla provinsiyasi) ketayotgan boʻlgan.
Poyezdning relsdan chiqib ketishi tufayli ushbu liniyadagi poyezdlarning harakati bir soatga kechiktirilgan. Temir yoʻl korporatsiyasi voqea sabablarini oʻrganmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling