Foto: UzNews
Sirdaryoda Mudofaa vazirligi omborida portlash yuz berdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 22-oktyabr kuni soat tahminan 04:55 atrofida Sirdaryo viloyati shimoli Qozogʻiston bilan chegaradosh hududlarida kichik yer silkinishi sodir boʻlgan.
Sirdaryo tumani atrofida yashovchi aholi silkinishini akustik zarba bilan hamohang roʻy berganini his qilgan.
Ayrimlar tumandagi harbiy qismda portlash roʻy berganini taʼkidlashgan.
Tekshiruvlar natijasida Sirdaryo viloyati Malik aholi punktidagi Mudofaa vazirligi omborida yakka tartibda portlash yuz bergani aniqlangan.
Maʼlum qilinishicha, sodir boʻlgan portlash oqibatida talofat koʻrganlar va jabrlanganlar yoʻq.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling