Foto: Repost.uz
Oʻzbekistonning 2021-yilda Rossiya oldidagi qarzi 254,7 mln dollarni tashkil etdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Qayd etilishicha, Oʻzbekistonning qarzi qolgan qarzdor davlatlarga nisbatan eng yuqori oʻsishni qayd etgan — 77 foiz.
Shu bilan birga, Rossiyadan eng koʻp qarzi bor davlatlar — bu Belarus (8,5 mlrd dollar), Bangladesh (4,4 mlrd dollar) va Hindiston (3,3 mlrd dollar).
Bundan tashqari, 1990-yillar boshidan beri qarzdorlar roʻyxatida birinchi marta Eron ham paydo boʻlgan — oʻtgan yil hisobi boʻyicha u 6 mln dollar toʻlashi kerak. Jahon banki maʼlumotlarga koʻra, Tehron oxirgi marta 1992-yilda Moskvadan qarz boʻlgan. Oʻshanda ushbu mablagʻ 251,3 ming dollarni tashkil etgandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling