Foto: Tez News
Temir yoʻl tashuvlariga boʻlgan talablarni qondirish maqsadida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” tomonidan Andijondan respublikaning bir qancha hududlariga qoʻshimcha poyezd qatnovlari yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 126-sonli Andijon — Xiva yoʻnalishi 12-dekabrdan boshlab har kuni quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
Andijon 08:28 — Xiva 06:58
125-sonli Xiva — Andijon yoʻnalishi 13-dekabrdan boshlab har kuni quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
Xiva 08:28 — Andijon 06:56
Shuningdek, 129-sonli Termiz — Andijon yoʻnalishi 12-dekabrdan boshlab, haftaning har dushanba, chorshanba, juma va shanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
Termiz 15:25 — Andijon 12:56
130-sonli Andijon -Termiz yoʻnalishi 13-dekabrdan boshlab, haftaning har seshanba, payshanba, juma va yakshanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
Andijon 14:28 — Termiz 11:27
Bundan tashqari, 128-sonli Andijon — Qoʻngʻirot yoʻnalishi 11-dekabrdan boshlab haftaning har yakshanba va chorshanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
Andijon 15:52 — Namangan 17:57 — Qoʻngʻirot 18:22
127 sonli Qoʻngʻirot — Andijon yoʻnalishi 13-dekabrdan boshlab har seshanba va shanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
Qoʻngʻirot 09:33 — Namangan 10:18 — Andijon 12:27
Chiptalarni temir yoʻl kassalaridan yoki elektron tarzda chipta.railway.uz sayti orqali xarid qilish mumkin.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling